

Hamyurtlarimiz Sherzod Temirov va Marlen Chobanov to'p tepadigan "Arbil" o'z maydonida "Al Naft"ni qabul qildi. Qiziqarli o'tgan bellashuvda "Arbil" raqibini 3:1 hisobida engdi. Temirov 90+9 daqiqada jamoasining o'yindagi uchinchi goliga mualliflik qilgan bo'lsa, Chobanovga murabbiylar bir taym imkoniyat berishdi. O'zbekistonlik hujumchining Iroq chempionatidagi gollari soni 13 taga etdi va to'purarlar poygasida yetakchilikni saqlab qoldi.
"Arbil" navbatdagi uchrashuvini 14 fevral kuni "Zaho"ga qarshi o'tkazadi.



