Legionerlar: Asror G'ofurov gol urdi

Sherzod Nurmatov
4 apr 2022
Bangladesh Premer-ligasining 10-turidan o'rin olgan "Saif Sporting" va "Baridhara" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.

Kichik o'zbek derbisida mezbonlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. E'tiborlisi shundaki, gollardan birini Asror G'ofurov urdi. U 45+1-daqiqada mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi. Qolaversa, birinchi golga assist vazifasini ham bajardi. 

Mehmonlar safida o'ynagan hamyurtimiz Evgeniy Kochnev esa 87-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 

Bangladesh Premer-ligasi. 10-tur

"Saif" – "Baridhara" 3:0


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia