Jezush Portugaliyaning Daniyadan yirik hisobda mag'lub bo'lishi sabablarini aytdi

15 noya 2026, 07:44
Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush UEFA Millatlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi 5-turidan o'rin olgan Daniya terma jamoasidan uchralgan uy mag'lubiyatini (1:4) sharhladi.

"Himoya nuqtayi nazaridan biz daniyaliklarga qarshi safar uchrashuvida ko'rsatgan darajamizni namoyish eta olmadik. Ayniqsa, tanaffusdan so'ng raqib hujumlarini to'xtatib qolishning uddasidan chiqa olmadik. Futbolchilar o'yinni kuchaytira olishadi deb umid qilgandim, biroq bunday bo'lmadi. Raqib kuchliroq va sifatliroq edi.

Ikkinchi forvard Joau Feliks chiziqlar orasida harakat qila olmadi va biz maydon markazida ustunlikka ega bo'lmadik. Daniya bu jihatda bizdan ustun keldi va bizni g'aflatda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Agar biz allaqachon keyingi bosqichga chiqishni naqd qilib qo'yganimizda, boshqa futbolchilarni maydonga tushirgan bo'lardim. Ammo hozir asosiy vazifa - guruhdan chiqishni kafolatlashdir.

Mag'lubiyatlar hamisha yoqimsiz va futbolchilar psixologiyasiga ta’sir qiladi. Shu kungacha jamoa o'ziga juda ishongan edi, ammo endi Daniyaga tan berish kerak", - deydi Jezushning so'zlarini A Bola nashri RTPʼga tayanib.

Ushbu o'yin Krishtianu Ronaldu milliy terma jamoadan ketishini e'lon qilganidan keyin Portugaliya uchun ilk bahs bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Bola