Jerrardning yordamchisi KPR bosh murabbiyiga aylandi

Sherzod Nurmatov
2 iyun 2022, 21:41
"Aston Villa"da Stiven Jerrardning assistenti sifatida ishlagan Maykl Bil "Kuinz Park Reynjers" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

KPR Chempionshipda qatnashadi. Jamoa 2021/22 yilgi mavsumda turnir jadvalida 11-o'rinni band etdi.

Bil "Aston Villa"ga qadar Jerrardga "Reynjers"da yordam bergan. Ungacha esa "Liverpul" akademiyasida bosh murabbiyi edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: qpr.co.uk