JCH-2026 saralashi. Afrika qitasida yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi

Khoja
14 noya 2025, 07:41
Kecha Afrika qitasida 2026 yilgi jahon chempionati saralashi guruh bosqichida o'z guruhida 2-o'rinni egallagan eng yaxshi 4 jamoa ishtirokida pley-off bahslarining yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Nigeriya Gabonni 4:1 hisobida mag'lub etdi va pley-offning final bahsiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

JCH-2026 saralashi. Afrika

Pley-off. Yarimfinal

13 noyabr, Marokash

Nigeriya - Gabon 4:1

Gollar: Adams (78), Ejuke (98), Osimhen (102, 110) - Lemina (89).

Ikkinchi yarim final bahsida esa Kamerun terma jamoasi kutilmaganda Kongo DRga 1:0 hisobida mag'lub bo'ldi.

JCH-2026 saralashi. Afrika

Pley-off. Yarimfinal

13 noyabr, Marokash

Kamerun - Kongo DR 0:1

Gol: Mbemba (90+1).

Shu tariqa, endi Kongo DR va Nigeriya terma jamoalari 16 noyabr kuni final bahsida to'qnash keladi. G'alaba qozongan jamoa qitalararo pley-off musobaqasiga yo'llanma oladi va  ushbu kichik turnirdagi g'alaba ularga JCH yo'llanmasini taqdim etadi. 



KhojaMuallif
Manba: championat.com