

Bu haqda ichki hujjatlar hamda ushbu ish bilan shug'ullangan mulozimga tayanib "The New York Times" xabar bermoqda.
Saralashning ikkinchi bosqichi finali tekshiruv boshlanishiga sabab bo'lgandi - unda Kongo DR penaltilar seriyasida Nigeriyani mag'lub etgan (1:1, 4:3). Nigeriya tomoni shikoyat arizasi bergan va surishtiruv davomida FIFA darvozabon Lionel Mpasi Fransiya o'smirlar terma jamoasidagi ishtirokidan so'ng boshqa mamlakat sharafini himoya qilish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarni olmaganini aniqlagan.
Nashrning takidlashicha, FIFA bundan xabardor bo'lgan, ammo Mpasiga Yamaykaga qarshi qitalararo pley-off finalida (1:0, qo'shimcha vaqtda) maydonga tushishga ruxsat bergan va yakunda Kongo DR terma jamoasi Jahon chempionatiga yo'llanma olgan. Turnirdan chetlatish chorasi ko'rilmagan.
FIFA nashr keltirgan ma'lumotlarni inkor etmadi va Nigeriyaning shikoyati processual sabablarga ko'ra rad etilganini ma'lum qildi. Federatsiya elektron xatida o'z qo'mitalari "mustaqil ekanini hamda qarorlarni qoidalar va muayyan holatlardan kelib chiqib qabul qilishini", prezident Janni Infantino esa yakuniy hukm chiqarishda ishtirok etmaganini alohida ta'kidladi.
JCH-2026’da O'zbekistonning guruhdoshi bo'lgan Kongo DR terma jamoasi 1/16 finalga qadar yetib borib, Angliyaga imkoniyatni boy bergan edi (1:2).



