

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi 2022 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Teves sharafiga o'tkaziladigan uchrashuv 20 dekabr kuni "Boka Xuniors" stadionida bo'lib o'tadi. Messining ishtirok etishi bu hafta, payshanba kuni tashkilotchilar tomonidan rasman e'lon qilindi.
"Dunyodagi eng yaxshi futbolchini Apachening (Tevesning laqabi) so'nggi o'yinida kutib olish biz uchun haqiqiy sharaf", - deyiladi tashkilotchilar bayonotida.
"Inter Mayami" hujumchisi Messi Teves bilan Argentina terma jamoasida, jumladan, 2006 va 2010 yilgi jahon chempionatlarida birga o'ynagan.
Xayrlashuv o'yiniga taklif etilganlar orasida Serxio Aguero, Martin Palermo, Janluiji Buffon, Rio Ferdinand va Leandro Paredes ham bor.
Teves "Manchester Yunayted"da birga o'ynagan Krishtianu Ronalduni ham uchrashuvda ko'rishni istaydi. U portugaliyalik futbolchini shaxsan ko'ndirishga harakat qilishini aytgan. Ammo "Al-NasSr" hujumchisining ishtirok etishi hozircha tasdiqlanmagan.



