

"Mening nazarimda, bu shunchaki o'g'rilik. Bu yerda umuman penalti yo'q deb hisoblayman. Due juda oson yiqildi, hakam esa bunga butunlay laqqa tushdi.
Paragvay hech narsa qilmasdan turib jazolanganini his qilayotgan bo'lsa kerak. Menga qolsa, Fransiyaga katta sovg'a taqdim etildi va bu qaror butun o'yinni o'zgartirib yubordi.
Odamlarning VAR’dan g'azablanishiga aynan mana shunday holatlar sabab bo'ladi. Takroriy lavhani ko'rib, o'zingga o'zing savol berasan: “Buni qanday qilib penalti deb hisoblash mumkin?” Men u yerda etarlicha asos ko'rmayapman. Faqatgina kontakt qidirgan, o'zini erga tashlagan va buning evaziga mukofotlangan futbolchini ko'ryapman, xolos.
Agar Jahon chempionatida shu ham penalti uchun etarli bo'lsa, unda himoyachilarda hech qanday imkoniyat qolmabdi. Paragvayliklar o'zlarini nohaqlik qurboni deb hisoblashga to'la haqli".



