

"Manchester Yunayted" barcha turnirlardagi 12 ta o'yinda bor-yog'i ikkita g'alabani qo'lga kiritdi - Chempionlar ligasida Ozarbayjonning "Sabax" klubi va APL debyutanti "Ipsvich" ustidan.
"Agar "Manchester Yunayted" haqida gapiradigan bo'lsak, darvozabon ularga qimmatga tushmoqda, shunday emasmi? O'tgan yili u juda yaxshi edi", - dedi Kin The Overlap podkasti efirida.
Lammens Angliya klubiga 2025 yilning yozida "Antverpen"dan o'tgan edi. Darvozabon joriy mavsum barcha musobaqalarda 11 ta bahsda maydonga tushdi va o'z darvozasidan 19 ta gol o'tkazib yubordi. Belgiyalik posbon atigi 1 tagina bahsda o'z darvozasi daxlsiligini saqlab qolgan. Futbolchining MYU bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.



