FIFA ayollar terma jamoalari reytingini e'lon qildi. O'zbekiston nechanchi pog'onada?

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2024, 13:59
Bugun, 14 iyun kuni ayollar futbolida FIFA reytingi yangilandi.

Unga ko'ra Ispaniya dunyo reytingi yetakchiligini saqlab qoldi. Fransiya Angliyani quvib o'tib, 2-o'ringa chiqdi. Angliya esa o'z-o'zidan 3-pog'onaga tushib qoldi.



Osiyo qitasi vakillaridan Yaponiya 7-o'ringa joylashgan bo'lsa, KXDR 10-qatorni band etdi. 

O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi reytingda bir pog'ona ko'tarilib, 47-o'ringa chiqdi va Osiyoda Yaponiya, KXDR, Avstraliya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Vetnam, Filippin, Xitoy Taypey va Tailand termalaridan so'ng 10-pog'onani egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com