Fabricio Romano Karim Benzemaning kelajagi haqida insayd e'lon qildi

31 avg 2026, 09:25
Karim Benzema "Al-Hilol"ni tark etadi - 38 yoshli hujumchi va Saudiya klubi o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga kelishib olishdi.

Endi fransiyalik futbolchi keyingi rejalarini belgilab olishi kerak. Ko'rib chiqilayotgan variantlar orasida professional faoliyatini yakunlash yoki Saudiya Arabistonining boshqa klubiga o'tish bor. Romanoning ma'lumotiga ko'ra, Yevropa futboliga qaytish varianti ko'rib chiqilmayapti.

Benzema 2026 yilning fevral oyida "Al-Ittihod"dan ketganidan so'ng "Al-Hilol"ga kelib qo'shilgan edi. Yangi klubi safida hujumchi 16 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishdan oldin Benzema 14 yil davomida Madridning "Real" klubida o'ynagan, professional faoliyatini esa "Lion"da boshlagan. Faoliyati davomida fransiyalik futbolchi 34 ta jamoaviy sovrinni, jumladan, beshta Chempionlar Ligasi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano