

"Hozir birinchi taym tugadi va biz 0:1 hisobida mag'lub bo'ldik, ammo hali ikkinchi taym bor. KONMEBOLning barcha rahbarlari, agar bizda dalillar bo'lsa, shikoyat qilish huquqiga ega ekanligimizga rozi. O'yin 94-daqiqaga qadar qisqartirishlarsiz davom etishi kerak. Federatsiya sifatida biz bu masalaning oxiriga yetishimiz shart", – dedi Milad.
Ular ekvadorliklar safida o'ynash huquqiga ega bo'lmagan jamoa himoyachisi Bayron Kastilo haqida tarmoqda ma'lumotlar paydo bo'lgach, Ekvador terma jamoasini Jahon chempionatisiz qoldirish harakatiga tushishgandi. Biroq kuni kecha FIFA Tartib-intizom qo'mitasi mazkur ishni yopishga qaror qildi.



