Ekvadorda hakam otib o'ldirildi

Sherzod Nurmatov
17 apr 2026
Lotin Amerikasidagi o'yinda futbol hakami otib ketildi.

"The Sun Sport" nashrining xabar berishicha, Ekvadordagi o'yinda dahshatli voqea sodir bo'lgan. 48 yoshli Xaver Ortega o'yin o'rtasida futbolchilar va tomoshabinlar ko'z o'ngida o'ldirilgan, bu esa maydonda va tribunada tartibsizliklarni keltirib chiqargan.

Guvohlarning so'zlariga ko'ra, o'yin paytida bir necha noma'lum qurolli shaxslar hakamga yaqinlashib, keyin o't ochgan. Qurolli shaxslar El-Oro provinciyasining Pazaja shahridagi stadiondan qochib ketgan. O'yinchilar va tomoshabinlar o'qlardan yashirinishga harakat qilgani sababli o'yin darhol to'xtatilgan.

"LA100" xabariga ko'ra, mahalliy hokimiyat sud-tibbiy ekspertiza o'tkazish uchun hududni o'rab olgan.

Dahshatli qotillik yana bir bor Ekvadordagi havaskor futbolga singib ketgan zo'ravonlik haqidagi xavotirlarni kuchaytirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun Sport