

"Vatanimizga bo'lgan so'zsiz muhabbating, tuganmas janglaring, kuching, yetakchilik fazilatlaring va yig'inga kelgan har bir futbolchiga bo'lgan insoniy munosabating. Terma jamoadagi har bir insonga ko'rsatgan e'tiboring... Faqatgina rahmat. Butun tarixdagi eng buyugi. Bizni shunchalik baxtiyor qilganing uchun rahmat. Qanchadan-qancha tabassumlar hadya etganingni tasavvur ham qila olmaysan! Sen mangusan", – deb yozdi De Paul ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Lionel Messi 2005 yilning avgustidan buyon Argentina terma jamoasida to'p tepib kelayotgandi. Milliy terma jamoa safida hujumchi 207 ta o'yin o'tkazib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



