"Chelsi" yana bir darvozabonga pul sarfladi, endi ularda 7 nafar posbon bor

Tolibjon Qosimov
31 iyul 2024
"Chelsi" klubi "Vilyarreal" darvozaboni Filip Yorgensen transferini e'lon qildi.

"Ko'klar" 22 yoshli daniyalik posbon bilan 7 yillik shartnoma imzolashdi. Filip jamoa safiga AQSH yig'inida qo'shiladi.

Xabar qilinishicha, "Chelsi" Yorgensen uchun 24.5 mln evro to'laydi.

Ma'lumot uchun, endi "aristokratlar" tarkibidagi darvozabonlar soni 7 nafarga etdi. Bular: Robert Sanches, Jorj Petrovich, Kepa Arrisabalaga, Markus Bettinelli, Lukas Bergstrom, Gabriel Slonina va Filip Yorgensen.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/ChelseaFC