Breaking: "Manchester Yunayted" Bruno Fernandes transferini kelishib oldi

Tolibjon Qosimov
30 iyul 2019, 17:57
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Portugaliyaning "Sporting" jamoasi yarim himoyachisi Bruno Fernandesga jiddiy qiziqish bildirib kelayotgan edi.

Italiyalik mashhur jurnalist va ishonchli insayderlardan biri hisoblangan Janluka Di Marcio MYU Fernandesning transferi borasida kelishuvga erishgani haqida xabar berdi. 24 yoshli futbolchi tez orada "Qizil iblislar" a'zosiga aylanadi.

Ushbu transfyerdan Italiyaning "Sampdoriya" klubi ham manfaatdor bo'ladi. Chunki, genuyaliklar 2017 yilda Brunoni "Sporting"ga 8.5 million evroga sotishgan va keyingi transferining 10 foiziga ega bo'lish huquqini saqlab qolgan.


Eslatib o'tamiz, Bruno Fernandes o'tgan mavsum "Sporting" safida 50ta o'yinda 31ta gol urgan va 17ta golli pas bergan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com