"Benfika" Mourinyuning o'rnini kim egallashini e'lon qildi

10 iyun 2026, 07:54
"Benfika" klubi Joze Mourinyu iste'foga chiqqanidan so'ng, uning o'rnini bosadigan yangi bosh murabbiy nomini ma'lum qildi.

Bu lavozimni ayni paytda "Fulxem"ni boshqarib kelayotgan Marku Silva egallaydi. "Benfika" Silva bilan 2 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi, unda hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham ko'zda tutilgan.

Marku Silva "Fulxem"ga qadar "Everton", "Uotford", "Xall Siti", "Olimpiakos", Lissabonning "Sporting" va "Eshtoril-Praya" klublarida bosh murabbiy bo'lib ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com