"Barselona" 1990-yillar retrodizaynidagi uchinchi forma to'plamini taqdim etdi

Aslanov Jasurbek
12 avg 2026, 13:24
Ispaniyaning "Barselona" klubi rasmiy saytida 2026/2027 yilgi mavsum uchun uchinchi o'yin formasi to'plamini taqdim etdi.

"1990-yillar o'rtalaridan ilhomlanib yaratilgan retrodizayn klubning eng ramziy qiyofalaridan birini yangicha talqin qiladi. Futbolka yoqalarida "sovuq-yashil" va "kaktus changi" ranglari ustunlik qiladi, ular zigzagsimon chiziq bilan ajratilgan, markazda Spotify logotipi, o'ng yuqori burchakda Nike logotipi va orqa tomonida Barça Foundation logotipi joylashgan. Erkaklar to'plamining englarida Midea, ayollarnikida esa BIMBO logotipi joylashgan. Jakkard tuzilmasi va Nike Aero-FIT texnologiyasi yordamida tayyorlangan mato havo aylanishini taminlaydi va harorat ko'tarilganda o'yinchilarga salqinlikni saqlashga yordam beradi", - deyiladi xabarda.

DSC_5923.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com