

"Burgutlar"ning kechagi "Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyati fonida murabbiy iste'fosi bilan bog'liq gaplar ham tarqaldi.
Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarovning ma'lum qilishicha, "Andijon" bosh murabbiyi Islom Ahmedov mavsum yakuniga qadar o'z lavozimida qoladi. "Klub chempionat tugashi arafasida yangi murabbiy qidirmoqchi emas",- deyiladi xabarda.
Jamoa navbatdagi uchrashuvini 19 noyabr kuni mehmonda "Surxon"ga qarshi o'tkazadi.



