

Iroqning “Ultra Iraq” nashri klubdagi manbasiga tayanib xabar berishicha, Bag'dodning “Al-Quva al-Javiya” jamoasi 30 yoshli hujumchi bilan shartnomaning barcha bandlari bo'yicha kelishuvga erishgan.
Shuningdek, Iroq klubi milliy terma jamoaning yana bir futbolchisi Zayd Ismoilni o'z safiga qo'shib olish borasida ham kelishuvga erishgan. Klub rahbariyati qishda markaziy himoyachi bilan ham shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
E'tiborlisi, Ayman Hussayn joriy yilning yozida “Paxtakor”ga o'tishidan avval ham “Al-Quva al-Javiya” safiga qaytishi mumkin edi. Biroq o'shanda Iroq klubining futbolchi oldidagi moliyaviy qarzdorligi tomonlarning kelishuvga erishishiga to'sqinlik qilgan. Keyinchalik hujumchi mazkur masala yuzasidan Iroq futbol federatsiyasiga shikoyat bilan murojaat qilgan.
Eslatib o'tamiz, “Paxtakor” 3 avgust kuni Ayman Hussayn bilan mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaganini e'lon qilgan edi.
Iroqlik legioner joriy mavsumda O'zbekiston Superligasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hozircha futbolchining “Al-Quva al-Javiya”ga o'tishi rasman e'lon qilinmagan.



