Arsen Venger FIFA prezidenti lavozimi uchun kurashda Infantinoning raqibiga aylanishi mumkin - The Times

10 okt 2026, 10:01
"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger FIFA prezidenti lavozimi uchun kurashda Djanni Infantinoning raqibiga aylanishi mumkin, deb xabar beradi The Times.

Hozirgi vaqtda faqat Xalqaro futbol federatsiyasining amaldagi rahbari kelasi yilning 18 mart kuni bo'lib o'tadigan saylovlarda qatnashish uchun o'z nomzodini ilgari surgan.

Xabar qilinishicha, Infantinoning raqiblari muddat tugagunga qadar (18 noyabr) shveytsariyalikning jiddiy opponenti paydo bo'lishiga hamon umid qilishmoqda. Ulardan bazilari Arsen Vengerni o'z nomzodini qo'yishga ko'ndirishga umid qilmoqda. Ayni paytda Venger FIFAning futbolni global rivojlantirish bo'limi rahbari lavozimida ishlamoqda.

Shuningdek, 2016 yilda Infantinoning raqibi bo'lgan Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Xusseyn ham saylovlarda yana ishtirok etishi istisno qilinmaydi.

Qayd etilishicha, FIFA prezidenti lavozimiga potencial nomzodlardan biri deb hisoblangan KONKAKAF prezidenti Viktor Montalyani saylovlarda qatnashishni rejalashtirmayapti.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Times