

“Jahon chempionatida Fransiya g'alaba qozonadi. Bilaman, meni francuz bo'lgani uchun shunday fikrlayapti, deyishingiz mumkin. Ammo turnirdagi hozirgi vaziyatni tahlil qilsangiz, ularning o'zgacha bir tezlikda harakat qilayotganini ko'rasiz.
Meni o'ylantirayotgan yagona jamoa - bu Ispaniya. Agar hozir kimdir Fransiyani mag'lub eta olsa, men Ispaniyani ko'rsatgan bo'lardim. Chunki ularning texnik darajasi francuzlarnikidan yuqori. Ular ayni damda dunyoda hech kimda bo'lmagan jamoaviy o'yin sifati va madaniyatiga ega. Har holda, hech kim bunday yuqori darajada emas.
Shu sababli asosiy kurash aynan mana shu ikki jamoa o'rtasida kechadi deb o'ylayman”, – dedi Venger.



