

Buenos-Ayresdagi "Bombonera" stadionida o'tgan uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
G'oliblar safida golga urugvayliklar yarim himoyachisi Maksimiliano Xaver Arauxo Vilches mualliflik qildi. Yana bir gol Argentina terma jamoasi futbolchisi Leonardo Balerdining avtogoli sifatida qayd etildi. Argentinaliklarning o'yindagi yagona to'pini Xulian Alvares kiritdi.



