

Jurnalist Edu Agirrening so'zlariga ko'ra, mutaxassis g'alabali o'yinlardan keyingi kuni kiyinish xonasiga nonushta ko'tarib keladi.
"Alvaro yigitlarga: Bolalar, mana nonushta, deydi. U kiyinish xonasida aylanib yurib, barchaga kruassan va ponchiklar tarqatadi", - dedi Agirre.
Sobiq futbolchi va sharhlovchi Xavi Balboaning takidlashicha, Arbeloa bu usulni "Kastilya"da ishlagan vaqtida ham qo'llagan. Bu muhim g'alabalar yoki muvaffaqiyatli seriyalar uchun o'ziga xos rag'batlantirish hisoblanadi.
Ma'lumot uchun, Xabi Alonso iste'fosidan so'ng asosiy jamoa tizginini qo'lga olgan Arbeloa qo'l ostida madridliklar 17 ta o'yindan 13 tasida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lishdi. Ko'rinib turibdiki, "shirin" taktika o'z samarasini bermoqda!



