

"As" nashrining xabariga ko'ra, mashhur agent Jorje Mendesh "qirollik klubi"ga Joze Mourinyuning qaytishini taklif qilgan.
Mendesh "Madrid" rahbariyatiga hozirda "Benfika"ni boshqarayotgan 63 yoshli portugaliyalik mutaxassisning shartnomasidagi tovon puli miqdori haqida ham ma'lumot bergan. Biroq Mourinyu yagona nomzod emas. So'nggi kunlarda "qaymoqranglilar"ga bir qator top-murabbiylarning xizmatlari taklif etildi:
Maurisio Pochettino (AQSH terma jamoasi);
Yulian Nagelsmann (Germaniya terma jamoasi);
Massimiliano Allegri ("Milan");
Yurgen Klopp (hozirda ishsiz);
Dide Desham (Fransiya terma jamoasi).
Qizig'i shundaki, bazi takliflar hatto murabbiylarning vakillaridan emas, balki uchinchi tomonlardan kelib tushgan.
Hozirda "Real"ning asosiy maqsadi - mavsumni imkon qadar yaxshiroq natija bilan yakunlash. Arbeloaning kelajagi esa keyingi oyda bo'lib o'tadigan yig'ilishda hal qilinadi.



