Arbeloa: "Real"ning istalgan futbolchisi JCH-2026'ga borish imkoniyatiga ega"

Sherzod Nurmatov
23 apr 2026, 15:35
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya chempionatining 33-turida "Alaves" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng madridliklarning har bir futbolchisi JCH-2026'da qatnashishi mumkinligini ta'kidladi.

"Karvaxal Ispaniya terma jamoasining Jahon chempionati uchun tarkibiga chaqiriladimi? Menda 20 nafar futbolchi bor. Menimcha, "Real"ning istalgan futbolchisi Jahon chempionatiga borish imkoniyatiga ega va men har doim jamoa uchun eng yaxshisi bo'lishiga intilaman", – dedi Arbeloa.

"Real" hisobida 73 ochko bor va peshqadam "Barselona" bilan farq 6 ochkona tashkil etadi, biroq kataloniyaliklarning zaxirasida 1 ta o'yin bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS