Arbeloa "Real"ning ispaniyalik futbolchilari bilan muammoga duch keldi

Sherzod Nurmatov
28 apr 2026, 16:00
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yangi muammoga yo'liqdi.

"The Athletic" nashrining xabar berishicha, Arbeloa va jamoaning ispaniyalik a'zolari o'rtasida keskinlik yuzaga kelgan.

Xabar qilinishicha, Arbeloa hatto jamoa sardori Dani Karvaxal bilan ham kelishmovchilikka uchragan.

Avvalroq matbuotda Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Dani Sebalosni mojaro tufayli "Real" qaydnomasidan chiqarib tashlagani haqida xabar berilgandi.

"Real" o'tgan hafta safarda "Betis" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Shundan so'ng peshqadam "Barselona" bilan oradagi farq 11 ochkoga etdi.

"Real"ning keyingi o'yini 3 may kuni "Espanol"ga qarshi bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic