

Ikkinchi bo'limning qo'shimcha vaqtida mezbon qanot himoyachisi Entoni Los Blancos jarima maydonchasida himoyachi Ferland Mendining qo'lidan ushlab oldi va natijada francuz yiqildi. Shundan so'ng mezbonlar qarshi hujumda gol urib, hisobni tenglashtirishgandi.
Birinchi bo'limda Braim Diasning zarbasi jarima maydonchasida bo'lgan mezbon himoyachi Rikardo Rodrigesning qo'liga tegdi. Hakam Sezar Soto Grado mehmonlarga penalti belgilamadi.
"Men uchun Mendiga qarshi holat aniq qoidabuzarlik edi. Bunday vaziyatlarda, tana aralashganda, muvozanatni yo'qotish uchun ko'p vaqt kerak bo'lmaydi. Lekin buning uchun ozgina futbolni tushunish kerak. Bizda muammo shuki, qaror qabul qiluvchilar buni tushunishmaydi.
Biz boshqa ko'plab vaziyatlarda bo'lgani kabi hafsalamiz pir bo'ldi. Birinchi bo'limda o'yin natijasini hal qilishi mumkin bo'lgan aniq penalti bor edi", - dedi Arbeloa.



