Abduqodir Husanov Qatarga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Aziz Tukhtamuradov
30 yanv 2024, 18:30
O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida Qatar terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.

Terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov bugun Tailandga qarshi o'yinda (2:1) sariq kartochka oldi. 

Bu Husanov uchun mazkur turnirdagi ikkinchi sariq kartochka bo'ldi. 

Shu sababli, u chorak finalda mezbon Qatar terma jamoasiga qarshi bo'ladigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. 

Eslatib o'tamiz, u Suriyaga qarshi o'yinda ham ogohlantirish olgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia