So’nggi yangiliklar

21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  1 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  3 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  18 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  2 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  9 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  23 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  27 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  45 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  18 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  2 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1

Zoir To'raqulov: “Vijdonim qiynalganidan rahbariyatdan istefo so'radim” Yangiliklar

Zoir To'raqulov: “Vijdonim qiynalganidan rahbariyatdan istefo so'radim”

Kuni-kecha G'uzorning “SHo'rtan” jamoasida bosh murabbiyning istefosi yuz berdi.


Kuni-kecha G'uzorning “SHo'rtan” jamoasida bosh murabbiyning istefosi yuz berdi. Bungacha jamoa natijalariga masul shaxs bo'lib kelgan Zoir To'raqulov o'z arizasiga binoan ishdash bo'shashga qaror qildi. Murabbiyning o'zi bilan suhbatlaganimizda, buning sabablarini quyidagicha izohladi.

- To'g'risi, “SHo'rtan”ning qayd etayotgan natijalaridan chuqur qayg'udaman. Albatta natijaga har doim bosh murabbiy javob beradi. Lekin bosh murabbiy o'zini qanchalik erkin his qilib, ishlamoqda? U o'zi istaganlarini amalga oshira olyaptimi? Degan savollar ham yo'q emas. Ochig'ini aytganda, so'nggi paytlardagi salbiy natijalardan so'ng ruhiy o'raga tushib qolgandekman. Eng avvalo jamoa muxlislari oldida hijolat chekib qoldim. Vijdonim qiynalib ketti. SHu bois rahbariyatning qabuliga kirib, istefo so'radim. Xolbuki, menga shu kungacha hech kim “Ket” deya murojaat qilmagandi. SHunday bo'lsada, o'z xohishimga ko'ra, jamoa boshqaruvini topshirdim – deya gap boshladi Zoir To'raqulov.  

- CHempionatning 5ta turi ortda qolgan bo'lsada, hamon g'alaba qozona olmay kelmoqdamiz. Buning sabablari juda ko'p. CHuqur yondoshadigan bo'lsa, hammasi eng avvalo qishki tayyorgarlik, selekciya jarayoniga borib taqaladi. Oldingi rahbarimiz (Oblayor Rasulov nazarda tutilmoqda - muallif) qishda o'zim istagan futbolchilarni emas, balki o'zi xohlagan yigitlarni olib keldi. Qolaversa biz fevral oyida ham tarkibimizni mukammal ko'rinishga keltirib ulgurmagandik. Natijada bugungi kunda “SHo'rtan”ning ahvoli og'ir bo'lib turibdi. Bunday bo'lishini oldinroq sezgandim. CHempionat boshlanishi arafasida rahbariyat bilan uchrashib, unga o'zim istagandek ishlay olmayotganimni, shu bois boshqaruv postiga boshqa mutaxassislarning nomzodini ko'rib chiqishini, men esa ikkinchimi yoki uchinchimi? Muhimi murabbiylar shtabida ishlasam bo'ldi degandim. Maboda klubga kerak bo'lmasam, u xolda o'zimga boshqa ish topishimni ham bildirgandim. SHunda u kishi yo'q deya qarorida qatiy turib, yordam berishlarini aytgandi. Ishonasizmi murabbiylar shtabini ham ko'ngildagidek tuza olmadik. Ko'pincha yigitlarni o'yindan oldin chigalyozdi mashqlariga o'zim olib chiqdim. Men bundan sira uyalmayman. CHunki o'z ishimni bajardim.  
- Tarkibdagi ayrim futbolchilar o'z ishiga sidqidildan yondoshmayapti. “Obod” bilan “So'g'diyona” jamoasining o'yinlarini ko'rdim. Ularning futbolchilarida qandaydir o'z ishiga bo'lgan munosabat boshqacha. Oliy liga debyutanti “Obod”da menimcha eng katta oylik maosh 1,5 millionni tashkil etadi. Lekin o'yin borasida ular boshqalardan qolishmayapti. Yigitlar oliy ligada o'ynash uchun astoydil xarakat qilyapti. “SHo'rtan”da esa aksincha. Vaholanki tarkibimizda oliy liganing futbolchilari yig'ilgan. Ularning kimlarligini aniq nom bilan aytib o'tmoqchi emasman. Gap egasini topib oladi deb o'ylayman. Hammasi ularning vijdoniga havola.
- Kimdir “SHo'rtan”ning shu darajaga kelishini istadi shekilli. Hech kimdan hafa emasman. Endi malum muddat dam olaman. Balki boshqa sohada ishlarman. Halol pul topib, oila boqishning aybi yo'q. U qanday ish bo'lishidan qatiy nazar.
- “SHo'rtan”ning yangi rahbari SHodi Majidovichni yaxshi bilaman. Ilgari u kishi bilan birga futbol o'ynaganmiz. Meni xursand qilgan jihati, u kishi ish boshlagach, jamoada har jihatdan ijobiy tomonga o'zgarish kuzatilmoqda. Tarkibda o'ziga xos “tozalov” ishlari olib borilmoqda. Yil boshida tanish-bilishchilik kuchayib ketgandi. Men sizga aytsam, yaqinda oldimga bir futbolchi kelib, meni asosiy tarkibda o'ynating, imkoniyat bering dedi. To'g'risi, uni jamoaga men taklif etmaganman. Kimdir orqali kelgan. Agarda talabga javob bersa, bajonidil asosiy tarkibda o'ynataman. Lekin bunday deb bo'lmaydida. Xo'p, deya uni o'ynatib, imkoniyat bersam-ku, natija ijobiy bo'lmasa, ertaga rahbariyatni oldida u futbolchi emas, balki men javob beraman. Afsuski, jamoamizning bugungi xolati meni juda ranjitadi. Ayni damda tushkun kayfiyatdaman. Gapirsa gap ko'p...- deya so'zini yakunladi To'raqulov.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика