So’nggi yangiliklar

00:15BALLON D'OR-2025  50 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  18 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  38 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  10

Zinedin Zidan: "Ha, kubokda hali g'alaba qozonmaganman, lekin..." Yangiliklar

Zinedin Zidan: "Ha, kubokda hali g'alaba qozonmaganman, lekin..."

"Qaymoqranglilar" ustozi Ispaniya Qirol Kubogi bahsi oldidan matbuot-anjumanida ishtirok etdi.

"Ha, chindan hali kubokda g'olib bo'lmaganman, eslatganingiz uchun tashakkur (kuladi). Ammo bu fakt meni yanada ruhlantiradi va Kubok o'yinlarini yanada qiziqroq bo'lishini taminlaydi", - deydi murabbiy.

Alabaning transferi

"Alabaning ehtimoliy transferi Lukas va Serxioning shartnomasi uzaytirilishidagi qiyinchiliklarga umuman aloqasi yo'q. Hozir men bor etiborimni ertangi o'yinga qaratganman".

"Kilian Mbappe? Futbolchilar qaerda o'ynashni istashlarini o'zlari hal qilishadi. Axir shartnomaga har bir futbolchining o'zi imzo chekadi, ammo men "Madrid"ga tegishli bo'lmagan o'yinchilar haqida gapirishni istamasdim.

Qishki transferlar haqida

"31 yanvargacha istalgan narsa bo'lib ketishi mumkin. Futbolchilarni sotishimizga kelsak - transferlar soni kutilganidan ko'proq bo'lishi mumkin".

Luka Yovich haqida

"Kuni-kecha Yovich 2 ta gol urganidan xabarim bor, u uchun juda xursandman va omad tilayman".

"Yovich endi 23 yoshda, u "Madrid"ga mos futbolchi va boshqa futbolchilar haqida ham shunday deyish mumkin. Ammo bu erda raqobat juda kuchli va u yoki bu o'yinchi kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lsa, faqat murabbiyni ayblash noto'g'ri. Har bir futbolchi maydonga tushish uchun loyiqligini o'z mehnati bilan isbotlashi mumkin".

Azar haqida

"Azar o'z ustida tinmay ishlayapti. Yaqin vaqtlar ichida Eden barchamiz o'rganib ulgurgan, o'zining haqiqiy "men"ini qayta ko'rsatadi".

Tanqidlar haqida

"Men tanqidlardan charchaymanmi yoki yo'q, umuman ahamiyatsiz. Bu "Real" va bu kabi holatga tayyor turish lozim, "Madrid" uchun bu oddiy holat. Biz yanada yaxshiroq, tezroq harakat qilib, vaziyatni o'z foydamizga o'zgartirmoqchimiz".

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика