Amorimning "Real"dagi transfer maqsadi malum bo'ldi
21 sen 12:35
Yangiliklar
Amorimning "Real"dagi transfer maqsadi malum bo'ldi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim 2026 yilda yarim himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Inglizlar "Real"dan 27 yoshli urugvaylik Federiko Valverdeni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Manbalarning xabar berishicha, MYU madridliklar yulduzi uchun 100 mln evro sarflashga tayyor. Valverdening o'ziga ko'p millionli maosh taklif qilinadi, biroq aniq raqamlar hozircha aytilmayapti.
Valverde "Real"da 2016 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Yarim himoyachi o'tgan mavsumda La Ligada 36 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar