Zidan: "Real" asosiy tarkibini aniqlayotganimda boshim og'riydi"
22 avg 2016 12:16
Yangiliklar
Zidan: "Real" asosiy tarkibini aniqlayotganimda boshim og'riydi"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Real Sosedad"ga qarshi o'tgan uchrashuv (3:0) haqida fikr bildirdi.
"Mehmondagi o'yin qiyin bo'lishini bilgan edik, ammo uchrashuvning boshidan yaxshi o'ynadik. Mavsumni yaxshi boshlash muhim. Hammasidan ko'nglim to'ldi, har bir futbolchi bor kuchini ishga soldi. Biz birgalikda hujumga o'tib, birga himoyalandik.
Asosiy tarkib tanlayotganimda boshim og'riydi. Asensio uchrashuvning ilk daqiqalaridan maydonga tushdi va yaxshi o'ynadi. Isko va Xames ham shunday harakat qildi. Bundan tashqari, Beyl uchun xursandman. Uning jismoniy holati qolganlarnikidek yaxshi emas, ammo u qanday o'ynaganini o'zingiz ko'rdingiz. Bu yil Garet uchun juda muhim bo'ladi" - deydi Zidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar