Zidan: "O'g'limning "Alaves"da o'ynashi hissiyotlar qo'shadi, ammo "Real" g'alaba qozonmoqchi"
22 sen 2017 18:14
Yangiliklar
Zidan: "O'g'limning "Alaves"da o'ynashi hissiyotlar qo'shadi, ammo "Real" g'alaba qozonmoqchi"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Alaves"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 6-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
Mezbonlar safida Zidanning o'g'li Enco o'ynaydi. Hozircha u "Alaves" safida Ispaniya chempionatida debyut qilmadi.
"Endi Enco bilan shogird emas, o'g'lim sifatida gaplasha olaman, chunki u mening jamoamda emas. Ha, uning o'yinlari bilan bog'liq hissiyotlarim ko'payishi mumkin, biroq bu "Alaves" - "Real" uchrashuvi va biz g'alabaga erishish uchun hamma ishni qilamiz. U gol urmaydi deb umid qilaman. Ikkimiz ham raqobatbardoshmiz va men g'olib bo'lmoqchiman. Agar o'g'lim haqida gaplashmoqchi bo'lsangiz, alohida intervyu qilamiz.
Agar ertaga bizda vaziyat bo'lsa, albatta undan foydalanamiz. CHempionatni yutqazib bo'ldik deb o'ylamayman, mavsum endi boshlandi. Hammada ko'tarilish va pasayishlar bo'lib turadi" - deydi Zidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar