Zidan: "Miya, yurak va birdamlik. Bu "Real"ning formulasi"
01 mar 2020 15:06
Yangiliklar
Zidan: "Miya, yurak va birdamlik. Bu "Real"ning formulasi"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 26-turi doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bil o'rtoqlashdi.
"Miya, yurak va birdamlik. Bu "Real"ning formulasi. Bizda juda katta ishtiyoq bor. Oldimizda ajoyib bahs bizni kutib turibdi. CHiroyli futbol ko'rsatishimiz uchun qulay imkoniyat bor. G'alaba uchun borimizni beramiz.
Bunday raqiblarga qarshi o'yinlarda barcha qiyinchiliklarni engib o'tish kerak. "Manchester Siti"ga qarshi o'ynagan 78 daqiqalik vaqtimizni bugun ham ko'rsata olishimiz lozim. "Real" uchun har bir bahs muhim. Uch ochko uchun o'ynaymiz. Bu boshqa o'yinlardan doimo ajralib turadi.
Biz o'z maydonimizda o'ynaymiz. Bundan keyin yana 12 o'yin bor. O'yinning bir bo'lagi ekanligimizdan lazzat olishimiz kerak. Bu futbol, barcha birgalikda harakat qiladi va bor etiborini bir nuqtaga qaratadi", - dedi Zidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar