Zidan CHL 1/4 finalida "Lester"ga to'qnash kelmoqchi emas
16 mar 2017 17:43
Yangiliklar
Zidan CHL 1/4 finalida "Lester"ga to'qnash kelmoqchi emas
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan CHempionlar ligasining chorak finalida "Lester Siti"ga raqib bo'lmoqchi emas.
"Lester" bilan to'qnash kelishni istayotgan murabbiy bor deb o'ylamayman va biz ham ularning safidamiz. Ular maqsad sari olg'a yurishda davom etishmoqda. Ko'pchilik ular chempionatda g'olib bo'ladi deb o'ylamagan edi, "tulkilar" esa buni bajarishdi. Hamma ham "Lester" "Sevilya" to'sig'idan o'tishiga ishonmagandi, buni ham uddalashdi.
"Lester" etakchi hisoblanmaydi, biroq ularga bosim o'tkazilmayapti, shu sababli hamma narsa bo'lishi mumkin. Ularda iqtidorli futbolchilar bor, o'yinchilar yurakdan o'ynashmoqda. Bunday jamoalarga qarshi o'ynash doimo og'ir. Turnirning bu bosqichida jamoa o'z kuchiga va turnirda g'olib bo'lishiga ishona boshlaydi" - deydi Zidan.
Fikrlar