So’nggi yangiliklar

19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  6 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  4 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  4 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  3 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  22 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  2 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  8 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  17 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  5 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  18 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

Zeytullaev: "Yuventus"ning qiziqishi - bu SHomurodovning mehnati" Yangiliklar

Zeytullaev: "Yuventus"ning qiziqishi - bu SHomurodovning mehnati"

"Yuventus" va O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Ilyos Zeytullaev "Jenoa" forvardi Eldor SHomurodovning Turin klubiga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Juda xursand bo'ldim [bu xabardan], sababi bu O'zbekiston uchun muhimdir. Bizning futbolchilarga jahon darajasidagi top-klublar qiziqish bildirayotgani borasida xabarlar har kuni chiqavermaydi.

Vatandoshim va umuman chet ellik futbolchi uchun Italiya chempionatiga kelish va o'rnashib olish qanchalik qiyinligini tasavvur qilaman.

Eldorga har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan har mashg'ulot va har o'yinda o'zini ko'rsatishini tilayman. Xudoga shukur, u hozir buning uddasidan chiqmoqda - u so'nggi o'yinlarda juda yaxshi ko'rinmoqda: yaxshi jismoniy holat va psixologik forma yig'ib oldi, unga yaxshi munosabatda bo'lishmoqda.

Men ekspert ham, insayder ham emasman, ammo o'zimning tajribamdan shuni aytishim mumkinki, hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. "Yuventus" haqidagi xabar chiqdimi, demak qandaydir qiziqish bo'lgan, sababi jamoa Morataga o'rinbosar izlamoqda.

Eldor - juda istedodli futbolchi, u hozirgi darajani ko'rsatishda davom etsa, unda barcha imkoniyatlar bo'ladi.

Hozir "Jenoa"ga o'rnashib olish va yaxshi futbolni ko'rsatish muhim - xudo xohlasa "Lacio", "Milan", "Inter" yoki "Yuventus" varianlari paydo bo'ladi.

Mening shaxsiy fikrim - grandlar qiziqayotgani avvalo Eldorning xizmatlari. Senda eng yaxshi agentlar bo'lishi mumkin, ammo sen futbol o'ynashni bilmasang, bu senga yordam bermaydi - agentlar o'rningga maydonga tushishmaydi", - deydi Zeytullaev.

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика