Turkiya Superligasi. "Bashakshexir" o'z uyida "Alanyaspor"ni mag'lub etolmadi, istanbulliklarning yagona goliga Shomurodov mualliflik qildi
21 sen 2025 21:02
Yangiliklar
Turkiya Superligasi. "Bashakshexir" o'z uyida "Alanyaspor"ni mag'lub etolmadi, istanbulliklarning yagona goliga Shomurodov mualliflik qildi
Turkiya Superligasi 6-tur doirasidagi "Bashakshexir" - "Alanyaspor" o'yini bo'lib o'tdi.
Mezbonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi, yarim himoyachi Abbos Fayzullaev esa 62-daqiqada maydonga tushirildi.
Durang bilan yakunlangan o'yinda Eldor Shomurodov jamoasining yagona goliga mualliflik qildi (29-daqiqada). Qayd etish kerakki, hamyurtimiz 52-daqiqada ham raqib darvozasini ishg'ol qilgandi, ammo u ofsayd sabab bekor qilindi.
"Rizespor" ishtirokidagi parallel o'yinda himoyachi Husniddin Aliqulov jarohati sabab qaydnomadan o'rin olmadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar