Zanetti: “Inter” Messini sotib ololmasdi”
08 sen 2020 19:50
Yangiliklar
Zanetti: “Inter” Messini sotib ololmasdi”
“Neradzurrilar” vice-prezidenti Xaver Zanetti “Barselona” etakchisi Lionel Messining transferi masalasiga to'xtaldi.
“Yo'q. Hozir shunday moliyaviy holatdamizki, xarid qilishimiz uchun kimnidir sotishimiz lozim. Moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilishimiz zarur, bu juda muhimdir. Klubning falsafasi ham shunday.
Messi har qanday erda o'ynay olgan bo'lardi. Agarda u “Barselona”da qolsa, xuddi boshqa klubdagi kabi masuliyat va bosimga duch keladi. Katta jamoalarda o'ynash doimo og'ir. Pul esa ikkinchi darajali. Oila va farzandlaringiz haqida gap ketar ekan, bu juda nozik masala va siz bunga qarshi chiqa olmaysiz”, deydi Zanetti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar