So’nggi yangiliklar

17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  0 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  5 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  4 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0

Zafarmurod Abdirahmatov: "Hindistonni yaxshi o'rgandik va uchrashuvga tayyormiz" Yangiliklar

Zafarmurod Abdirahmatov: "Hindistonni yaxshi o'rgandik va uchrashuvga tayyormiz"

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogidagi ikkinchi bahsiga tayyorgarlik ko'rishda davom etmoqda. Bugungi mashg'ulotlarda esa terma jamoamizning umidli futbolchilaridan biri Zafarmurod Abdirahmatov bilan suhbatlashdik

- Terma jamoa safidagi dastlabki katta musobaqa siz uchun qanday o'tmoqda? Hayajon bormi?

- Bosh murabbiy Osiyo kubogida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etganidan juda xursandman. Tayyorgarlik yaxshi kechmoqda. Osiyo kubogida muxlislar kutgan yaxshi natijaga erishamiz va shunga harakat qilamiz.


- U-20 terma jamoasi bilan asosiy terma jamoani solishtirganda qanday farq his etmoqdasiz? Asosiy terma jamoada bosim bormi?

- Bu borada qiyinchilik his etmayapman. Barcha futbolchilar akalarim, ular meni qo'llab quvvatlab va joyi kelsa o'rgatib, yordam berib turishibdi. Xudo hoxlasa keyingi uchrashuvlarda natijalarimizni yaxshilaymiz.

- Qanotdagi yo'qotish sababli Hindiston terma jamoasiga qarshi o'yinda Srechko Katanec sizga imkoniyat berishi mumkinmi? Sizning fikringiz qanday?

- Balki imkoniyat berar, u murabbiyning qarori. Men faqatgina o'z ishimni alo darajada bajarishda davom etishim kerak. Hindistonni yaxshi o'rgandik va keyingi uchrashuvga tayyormiz. Umid qilamanki Hindistonga qarshi uchrashuvda o'zimizga kerakli natijaga erishamiz.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика