So’nggi yangiliklar

14:47Эрон ФИФАдан ўйинларини АҚШдан Мексикага кўчиришни сўрамоқда  0 14:19"Барселона"да Хулиан Альварес эҳтимолий трансфери ҳақида фикр билдирилди  0 13:51Карло Анчелотти: "Реал"дан кейин бошқа клубда ишлашни истамадим"  0 13:26"Арсенал" янги ҳужумчи топди  0 12:58Испания терма жамоаси Аргентина ўрнига тезда янги рақиблар топди  2 12:30Манба: "Барселона" Флик билан шартномани узайтиради  0 12:01"Нефтчи"нинг грециялик мураббийи: "Соврин қўлга киритиш — бу таърифлаб бўлмайдиган туйғу"  7 11:35Аёллар Жаҳон чемпионати энди орзу эмас  8 10:52Неймар Анчелоттининг қарорига муносабат билдирди  1 10:27Гвардиола деярли 100 миллион евролик ҳимоячини сотиб олишни сўради  9 10:00Мбаппе "Реал"га ўтмаган тақдирда қайси клубда фаолиятини давом эттирган бўлишини маълум қилди  4 09:23Дембеле ПСЖдаги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  2 08:55Нима? Анчелотти айни вақтда Европанинг энг кучли жамоаси номини маълум қилди  5 08:27Луис Энрике:"Менга одамларнинг нима деб гапирётганини фарқи йўқ"  3 07:58Ироқнинг ЖЧ интерконтинентал плей-офф учрашувлари учун қайдномаси маълум. Рўйхатда "Пахтакор" футболчиси бор  3

Yuzi qonga belangan va agentidan noligan "Dinamo"ning urugvaylik futbolchisi bilan tanishamiz Yangiliklar

Yuzi qonga belangan va agentidan noligan "Dinamo"ning urugvaylik futbolchisi bilan tanishamiz

Teglar :  DinamoMauro Brasil
26 yoshli himoyachi terma jamoa safida bitta o'yin o'tkazgan.

Mauro Alexandro Brasil Alkayre 1999 yil Urugvayda tavallud topgan. "El Tanke Sisley" akademiyasida tahsil olgan Mauro professional debyutini 2017 yil 18 sentyabrda o'tkazgan. Birinchi golini 8 oktyabrda "Montevideo Vanderers"ga qarshi bahsda nishonlagan. 2018 yil u "Penyarol" bilan shartnoma imzoladi, biroq uning keyingi umri asosan ijarada o'tdi.

Faoliyatimni "El Tanke Sisley"da boshlaganman. Keyinchalik jamoa to'lovlarni amalga oshirmagani uchun musobaqadan chetlatilgach, "Penyarol"ga borib qo'shildim. Ammo u erda menga biror marta o'yin o'tkazish imkoniyatini berishmadi, chunki juda yosh ekanligimni aytishardi.

Shuningdek, Brasil "Rampla", "Serro", shuningdek, Meksikaning "Selaya", Chilining "Kobreloa" klublarida to'p tepgan.

2024 yil boshida Mauro Brasil sobiq agenti uning transfer huquqini taqdim etish va xorijga ketishiga ruxsat berish evaziga pul talab qilayotganini malum qildi. Bu vaziyat futbolchiga shu qadar salbiy tasir qildiki, u ruhshunosga murojaat qilishga majbur bo'lgan.

Meksikada yaxshi natija ko'rsatdim, agentim Urugvayda boshqa bir jamoa varianti borligini aytdi, men esa buni xohlamadim. Shunda "Serro Largo" prezidentiga qo'ng'iroq qilib, agar u meni jamoasida ko'rishni istasa, hoziroq qaytishimni aytdim. Agentim bundan xabar topgach, agar vakillik shartnomasiga imzo chekmasam, meni shunchaki maydon atrofida yugurib yuradigan qilib qo'yishini (tarkibdan chetlatishini) aytdi. Agentimga u bilan hamkorlikni bekor qilmoqchi ekanligimni aytganimda, u buning evaziga pul talab qildi. Umrimda bunaqasini ko'rmaganman.

2025 yilning may oyidagi "Nasonal" va "Serro Largo" jamoalari o'rtasida uchrashuvning 35-daqiqasida Mauro Brasil maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Bunga uning nigeriyalik hujumchi Kristian Ebere bilan to'qnashib ketishi oqibatida yuzidan olgan jiddiy jarohati sabab bo'ldi. 

Voqea joyidan olingan tasvirlar ko'pchilikni larzaga soldi, chunki "Serro Largo" futbolchisining yuzi bir zumda qonga belandi va unga maydonning o'zidayoq zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatilishiga to'g'ri keldi. Keyinchalik futbolchi operaciya qilindi, uning yuziga 12 ta chok tushgan.

VIDEO

O'shanda o'yinni davom ettirmoqchi edim, ammo jamoadoshlarim: "Mauro, sendagi yuzingdagi yoriq qanchalik katta ekanini bilmayapsan", deb aytishdi.

Lukas Rodriges to'p oshirganda, to'pga intildim. Ebere sakrashini bilardim, chunki ko'z qirim bilan yonimda yugurayotganini ko'rib turgandim. Bosh bilan o'ynashga sakraganimda tirsaklarimni ishlatmadim, chunki hozirgi kunda VAR tufayli buning uchun maydondan chetlatishadi. Yuqoriga sakradim va erga tushishim bilanoq yuzimni ushladim, qon oqayotgandi va o'sha zahotiyoq jarohatlanganimni tushundim".

Boshdan zarba qabul qilishga o'rganib qolganman, avvalroq burnim ham singan edi, shu sababli qondan qo'rqmayman. Xayriyatki, maydonda hushimni yo'qotmadim, hammasini eslay olardim va o'rnimdan turishim bilan "Serro Largo" shifokori yordamga keldi.

26 yoshli himoyachi 2026 yilning yanvarida Samarqandning "Dinamo" klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Mauro Brasil o'z vaqtida Urugvay U-20 yoshlar jamoasi safida 10 ta o'yinda maydonga tushgan. Shuningdek, u Urugvay mahalliy terma jamoasiga (Urugvay-A) ham chaqirilgan bo'lib, debyutini 2024 yilda Kosta-Rikaga qarshi bahsda (0:0) o'tkazgan va 72-daqiqada ogohlantirilgan.

Oshpaz va oficiantlikdan futbolga. Boake haqida 7 qiziqarli fakt

Basketbol terma jamoasiga chaqirilgan, baliqli maydonda to'p tepgan hamda Jek Chittak muxlisi


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
19 jan 16:56:46
Farhod Uktamovich
Омад !!!! Давай~Давай Динамо Самарканд !!!!!
   
20 jan 21:11:22
salom salom
????
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика