"Yuventus"dan antirekord
16 dek 2024 11:47
Yangiliklar
"Yuventus"dan antirekord
Turinning "Yuventus" jamoasi mavsumning birinchi yarmidagi g'alabalar soni bo'yicha so'nggi 25 yil ichidagi klub antirekordini o'rnatdi.
Bu haqda "Sport+" xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, "keksa sinora" Italiya A Seriyasining dastlabki 16 turida 6 ta g'alabaga erishib, 10 ta durang qayd etdi va 28 ochko jamg'ardi. "Yuventus" 1998/99 yilgi mavsumda bundan salbiyroq natija ko'rsatgan, o'shanda turinliklar dastlabki 16 o'yinda 23 ochko to'plagan.
Etiborlisi, antirekordga qaramay, "Yuventus" joriy mavsum A Seriyada birorta ham o'yinda mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar