“Yuventus” Pyanich evaziga Fatini qo'lga kiritmoqchi
31 may 2020 07:05
Yangiliklar
“Yuventus” Pyanich evaziga Fatini qo'lga kiritmoqchi
Goal nashri xabariga ko'ra, Italiya klubi rahbariyati ushbu transfer uchun “Barsa”ga jamoaning yosh, iqtidorli futbolchisi Ansu Fatini Turinga olib kelish variantini taklif qilgan.
Joriy mavvsumda Fati “Barselona” safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golga hammualliflik qildi. Futbolchining jamoa bilan shartnomasia 2022 yilga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Fati “Basrelona” tarixida rasmiy o'yinlarda maydonga tushgan ikkinchi eng yosh futbolchi hisoblanadi. Bu borada rekord Visente Martinesga tegishli. Vinger shuningdek, “Barselona” tarixida XXI asrda tug'ilib, asosiy tarkibda maydonga tushgan ilk futbolchi hamdir.
Miralim Pyanich 2016 yilda “Roma”dan “Yuventus”ga ko'chib o'tgan. U joriy mavsumda A seriyada 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar