"Yuventus" Dembeleni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi
24 apr 2021 23:50
Yangiliklar
"Yuventus" Dembeleni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi
Turin klubi "Barselona" vingeri Usmon Dembele bilan qiziqmoqda.
"Diario Sport" xabariga ko'ra, Turin klubi 23 yoshli franciyalikning agentlari bilan muzokara olib bormoqda. Qayd etilishicha, "Yuventus" uni erkin agent sifatida qo'lga kiritish uchun futbolchining Kataloniya klubi bilan 2022 yilgacha mo'ljallangan shartnoma muddati tugashini kutishga tayyor.
"Barsa" Dembele bilan shartnomani uzaytirishga harakit qilib ko'radi. Agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, uni yozda 50-60 million evroga sotishadi.
Dembele joriy mavsumda 38 ta o'yinda 10 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
07:48
Bugun "El Klassiko"! "Real" va "Barselona"ning bugungi uchrashuv qaydnomasi bilan tanishing 17
championat.asia
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. "Пахтакор" финал олдидан меҳмонда "Хоразм"ни енгди, икки жамоа ўйинни 10 киши тугатди
Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди
Fikrlar