So’nggi yangiliklar

11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  0 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  3 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  4 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  3 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  19 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1

Yurtimizda 77 nafar sportchi kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani malum bo'ldi. Ularning ko'pchiligi futbolchilar Yangiliklar

Yurtimizda 77 nafar sportchi kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani malum bo'ldi. Ularning ko'pchiligi futbolchilar

Bazan respublika va xalqaro sport musobaqalarida, futbol o'yinlarida adolatsiz qaror chiqarilgani, hakamlarning qaysidir sportchi yoki jamoaga "sotilgani" haqidagi gap-so'zlar qulog'imizga chalinadi.

Tomoshabinlar, ayniqsa, futbol ishqibozlari hakamlarning bir tomonga yon bosganini, ataylab adolatsizlik qilgani yaqqol sezilganini muhokama qilishadi.

Sport sohasidagi bu kabi ko'ngilni xira qiladigan korrupciya holatlari sohada adolatlilik buzilishiga sabab bo'ladi. Malumotlarga qaraganda, yurtimizda 2019-2023 yillarda 30 nafar futbolchi va hakamlar, 8 nafar murabbiy, 7 nafar futbol klublari rahbari va 2 nafar futbol klubi mamuriyati xodimi – jami 77 nafar sportchining kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani aniqlanib, tegishli choralar qo'llanilgan.

Sportdagi korrupciya holatlari, birinchi navbatda, sportchilar, havaskorlar, millionlab tomoshabinlarning sohaga ishtiyoqi, ishonchi yo'qolishiga sabab bo'ladi. Minglab yoshlarni professional sportga jalb qilish bo'yicha say-harakatlar olib borilayotgan bir vaqtda korrupciyaviy holatlar sportni rivojlantirishga to'siq bo'ladi, teng huquqlilik principi, adolat tamoyillarining buzilishiga olib keladi.

Endilikda bunday holatlarning oldini olish maqsadida qonunchiligimizda jinoiy javobgarlik masalasi ko'zda tutilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi tegishli moddalar bilan to'ldirilib, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo'lishi hamda sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og'dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Ushbu tartiblarni o'z ichiga olgan «Sport sohasida korrupciyaning oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qonun loyihasi ayni paytda parlament quyi palatasida ko'rib chiqilmoqda.

Takidlash joizki, mazkur qonun loyihasi bilan milliy qonunchiligimiz zamonaviy xalqaro standartlar va ilg'or xorijiy tajribani inobatga olgan holda yanada takomillashadi. Sohada korrupciyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllanadi, javobgarlikning muqarrarligi taminlanadi. Pirovard natijada esa sport sohasida halollik, odillik taminlanadi, yoshlarning, ota-onalarning sportga bo'lgan qiziqishi, ishtiyoqi oshadi.

SHu o'rinda etirof etish lozimki, yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlashga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi ikki yilda sportni rivojlantirish bo'yicha 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. So'nggi besh yilda esa sohaga qariyb 4 trillion so'm mablag' ajratildi.  

Bularning barchasi yoshlarni sportga keng jalb qilish, nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog'ini, shanini baland ko'tarib kelayotgan mashhur sportchilarimiz saflarini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. Ana shunday quvonarli natijalar bardavom bo'lishida sport sohasidagi korrupcion holatlarning oldini olish, adolatsizliklarni bartaraf etish dolzarb ahamiyatga ega.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика