So’nggi yangiliklar

10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  0 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  0 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  2 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  8 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  7 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  12 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  5 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  10 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  5 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  33 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  5 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  7

Yurgen Klopp: “Bu yilgi mavsumd bir qator g'alati qarorlar kuzatilmoqda – Brexit, Tramp va Raneri” Yangiliklar

Yurgen Klopp: “Bu yilgi mavsumd bir qator g'alati qarorlar kuzatilmoqda – Brexit, Tramp va Raneri”

“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp APL 26-turi arafasida “Lester”ga qarshi bahs oldida raqib jamoa murabbiyi Ranerining chetlatilishiga o'z munosabatini bildirdi.

“Bu qarordan hayratdamanmi? Yo'q. Bu faqat futbolga taalluqli emas. 2016/17 yilgi mavsumda bir qator hayratlanarli qarorlar qabul qilindi. Brexit (Buyuk Britaniyaning Evroittifoqdan chiqib ketishi), Tramp va Raneri. “Lester” rahbariyati nima sababdan bunday qarorga qo'l urganini tushunmayman. Barcha ularning APL va ECHLdagi holatini kuzatib turgandi.

Raneri ayniqsa bizning faoliyatimizda juda yoqimli inson. Men u bilan ilgari Dortmundda ham bir necha bor uchrashganmiz. U mo'jizaviy inson. Balki sizga Lesterga borib, jamoa rahbariyatidan nima sababdan bunday qarorga kelganini so'rash kerakdir.
Hafta avvalida men shogirdlarimga “Lester” endi o'z muammosi aynan nimada ekanligi biladi shu sabab biz haqiqiy “Lester”ni ko'ramiz, deb aytgandim. CHempionlar ligasida biz ularning goli va golga bo'lgan reakciyasini ko'rdik. Golga qadar va goldan keyin biz ikki xil o'yinni ko'rdik. Ularga o'zlariga bo'lgan ishonchni ortishi uchun gol zarurligi ko'rinib turgandi. Ular birdan o'zgarib ketishadi, deb o'ylamayman. “Lester” futbolchilari nimadir ko'rsatishga majburlar. Bizning vazifamiz esa, bunga yo'l qo'ymaslikdir” dedi Klopp.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика