Amorim "Sporting"dagi shogirdini MYUga olib kelmoqchi
16 avg 09:47
Yangiliklar
Amorim "Sporting"dagi shogirdini MYUga olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" "Sporting" sardori Morten Yulmannni sotib olmoqchi.
"Qizil iblislar" 26 yoshli futbolchi uchun Portugaliya jamoasiga 58 million evro taklif qilishni reja qilgan. Biroq "Sporting" o'z sardorini 79 million evroga sotishni maqsad qilgan. Chunki Yulmannning shartnomasidagi tovon puli aynan shunchani tashkil qiladi.
Ushbu transferni MYU bosh murabbiyi Ruben Amorimning o'zi istamoqda.
Morten Yulmann o'tgan mavsum "Sporting" safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 3 ta gol va 2 ta golli uzatma bor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar