Yupp Xaynkess yuragidan jarrohlik amaliyotini o'tkazdi
24 dek 2022 09:50
Yangiliklar
Yupp Xaynkess yuragidan jarrohlik amaliyotini o'tkazdi
“Bavariya” va “Real” sobiq ustozi Yupp Xaynkess operaciya stoliga yotdi.
77 yoshli mutaxassis Dyusseldorfda yuragi bilan bog'liq muammolar tufayli davolandi va jarrohlik amaliyotidan 2 hafta o'tib, intensiv terapiya bo'limiga olindi.
“Hayotimdagi eng yomon davr. Uxlay olmayotgandim. Og'riqlar oqibatida o'laman deb o'ylagandim. Barcha shifokorlar va xodimlar, meni atrofimda bo'lganlarga minnatdorchilik bildiraman”, deydi Xaynkess.
Eslatib o'tamiz, Yupp Xaynkessning oxirgi ish joyi 2018 yil “Bavariya” bo'lgan. U 2012/13 yilgi mavsum myunxenliklar bilan, 1997/98 yilgi mavsumda esa madridliklar bilan ECHL g'olibligini qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar