"Yangi Rodrigo tug'ildi". "Real" hujumchisi operaciyadan keyin muxlislarga murojaat qildi
12 mar 14:18
Yangiliklar
"Yangi Rodrigo tug'ildi". "Real" hujumchisi operaciyadan keyin muxlislarga murojaat qildi
Futbolchi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tganini bildirib, barcha qo'llab-quvvatlaganlarga minnatdorlik bildirdi.
"Xudoga shukrki, operaciya yaxshi o'tdi! Bugun yangi tarix boshlanadi. Yangi Rodrigo tug'ildi. Men bu jarayonning barchasidan o'tishga va Xudoning barakalari bilan yashashga tayyorman. Mehr ifodalangan har bir xabar uchun juda minnatdorman", – deb yozdi braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.
Avvalroq malum qilinganidek, ushbu jarohat sabab futbolchi taxminan 10 oy maydondan chetda qolishi mumkin. Demak, Rodrigo ehtimol kelasi mavsumdagina maydonga qaytadi.
Futbolchi jarohatni Ispaniya chempionatining 26-turida "Xetafe"ga qarshi o'yinda (0:1) olgan. Qizig'i, u shikastlanishga qaramay, uchrashuv oxirigacha o'ynab bergan: 55-daqiqada "Santyago Bernabeu"da maydonga tushib, final hushtagi chalinguncha o'yinni davom ettirgan. Tekshiruvda esa jiddiy shikast borligi aniqlanib, operaciya talab etilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar