So’nggi yangiliklar

07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  0 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  9 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  4 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  7 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  21 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5

YUNESKO Buxoro turizm markazi uchun boshqa joy tanlashga chaqirgan Yangiliklar

YUNESKO Buxoro turizm markazi uchun boshqa joy tanlashga chaqirgan

Oldinroq Buxoro aholisi stadion o'rniga qurilishi kutilayotgan turistik markazga qarshi chiqib, Prezidentga murojaat qilgan edi.

Buxoro turizm markazini qurish uchun tanlangan joy Buxoro tarixiy markazining bufer zonasida joylashgan, shu sababli YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi loyihani qo'llab-quvvatlamagan. Madaniy meros agentligining hukumatga eslatishicha, bu joydagi har qanaqa loyiha agentlik va YUNESKO bilan kelishilishi shart.

Buxoro tarixiy markaziga yaqin hududlardagi inshootlar buzilib, o'rniga turizm markazi qurilishi haqidagi maqola elon qilingach, Kun.uz ixtiyoriga Madaniy meros agentligi bo'lim boshlig'i A.Rasulov va Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig'i SH.SHarofiddinovning loyiha haqidagi malumoti kelib tushdi.

Unda aytilishicha, Buxoro shahrida joylashgan Buxoro tarixiy markazi 1993 yilda YUNESKO tomonidan Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan. Buxoro tarixiy markazining hududi 216 gektar bo'lib, uning muhofaza hududi esa 339 gektar (jami 555 gektar)ni tashkil etadi.



Qurilishi rejalashtirilgan turizm markazining umumiy maydoni 32,6 gektar bo'lib, to'liqligicha Buxoro tarixiy markazining muhofaza zonasida joylashgan. Bu hududda Milliy ro'yxatga kiritilgan 2 ta madaniy meros obekti joylashgan. Bular – 2012 yilda qayta tiklangan “Sallohxona” darvozasi hamda 1980 yilda o'rnatilgan Abu Ali ibn Sino byusti.

Agentlik bu 2 obektni saqlash va ularga zarar etkazilishining oldini olish uchun quyidagilarni taklif qilgan:

Vazirlar Mahkamasining 30.03.2019 yildagi 265-sonli qaroriga asosan, “Sallohxona” darvozasining tashqi ko'rinishiga hamda tarixiy qiymatiga zarar etkazilishining oldini olish maqsadida uning himoya hududida, yani obektdan 50 metr masofa radiusida bino-inshoot qurilishini rejalashtirmaslik;

hozirgi Tibbiyot instituti hududida joylashgan Abu Ali ibn Sino byusti – madaniy meros obektini investor taklifiga ko'ra o'z o'rnida saqlab qolish yoki investor tomonidan taklif etilayotgan umumiy koncepciyaga to'g'ri kelmagan taqdirda hukumat qaroriga muvofiq Buxoro shahar M.Iqbol ko'chasida joylashgan Buxoro viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markaziy kasalxonasi yoki Buxoro tibbiyot kolleji hududiga ko'chirish;

Buxoro turizm markazi uchun tanlangan hududning Buxoro tarixiy markaziga tutash va yaqin bo'lgan qismida bino-inshootlarni 2 qavat yoki 7,5 metrdan oshirmaslik tavsiya etiladi.

SHuningdek, agentlikning bildirishicha, YUNESKOning Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish konvenciyasi talablariga ko'ra, Buxoro tarixiy markazi va uning bufer zonasida qurilishi rejalashtirilgan har qanday yirik loyihalar YUNESKO bilan va mahalliy qonunchilikka ko'ra, agentlik bilan majburiy tartibda oldindan kelishilishi shart.

Masul organning ko'rsatishicha, 2022 yilning 1 oktyabrida YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi direktori Sara Noshadi, sobiq turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov hamda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro turizm markazi loyihasi uchun tanlangan er maydonlarini o'rganib chiqishgan. O'shanda Sara Noshadi bu loyihani Buxoro tarixiy markazining muhofaza zonasidan 1,8 km uzoqlikdagi, «Gulchorbog'» MFY Qalqon ko'chasi yoqasidagi er maydonida qurish maqsadga muvofiqligini taklif qilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq bir guruh buxoroliklar turistik majmuani Buxoro markaziy stadionining o'rniga qurish taklifiga qarshi chiqib, prezidentga murojaat qilgandi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика